XIN DARAXTI

XIN DARAXTI, sinxona (Cinchona) — roʻyandoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar turkumi. Daraxt va butalardan iborat 40 turi bor. X. d. dengiz sathidan 1000—3000 m balandda, Jan. Amerikada And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Indoneziya, Hindixitoy, Hindiston, ShriLanka o. da keng miqyosda ekiladi. Zakavkazyening Krra dengiz sohillarida qalamchasidan bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 10—20 m, barglari oddiy, yaltiroq, chetlari tekis. Gullari ikki jinsli, qizil, pushti, oqimtir, roʻvak toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki pallali koʻsakcha. Koʻp ekiladigan turlaridan qizgʻish Xin daraxti (S. succirubra), L yeje r X. d. (S. ledgeriana), ulkan Xin daraxti (S. robusta) maʼlum. Xin daraxtining hamma organlari, asosan, poʻstlogʻi 30 dan ortiq turli alkaloidlarga boy. Xin daraxtidan olinadigan alkaloidlardan eng muhimi xinin hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: XIN DARAXTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
HINDISTON
YER
XITOY
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты