XINA DARAXTCHASI

XINA DARAXTCHASI (Lawsonia inermis) — derbendoshlar oilasiga mansub issiqsevar buta. Yovvoyi holda Afrikaning sharqida, Madagaskar o. da, Osiyoning tropik orollarida oʻsadi. Shim. Afrika, Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Kichik Osiyo va Arabistonda manzarali va boʻyoq beruvchi bir yillik oʻsimlik sifatida qadimdan ekiladi. Poyasi qirrali, qattiq va sershox. Boʻyi 15 sm dan 2—3 m gacha. Barglari bandsiz, choʻziq tuxumsimon. Gullari yirik, oqimtir yoki koʻkimtir qizil, ikki jinsli, xushboʻy, shoxlarining uchida ulkan roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Avg. —sen. da gullaydi. Mevasi toʻrt uyali, mayda urugʻli sharsimon koʻsakcha. Barglaridan jun, sochsoqol, tirnoq va b. ni boʻyashda ishlatiladigan boʻyoq olinadi. Xina daraxtchasi urugʻidan va qalamchasidan koʻpaytiriladi.


Lotin alifbosida maqola: XINA DARAXTCHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
HINDISTON
OSIYO
OZARBAYJON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты