YASAMA SOʻZ

YASAMA SOʻZ — yasovchi qoʻshimchalar yordamida hosil qilingan soʻz: bedazor, ishchi, yozuvchi, maktabdosh, odamsimon; bepul, boobroʻ, sermeva. Oʻzbek tilida yasama soʻz hosil qilishning quyidagi koʻrinishlari mavjud:

1) oʻzakdan yasash (ish+chi): birinchi derivatsiya (birinchi negiz);

2) negizdan yasash (oʻquv+chi); ikkinchi derivatsiya (ikkinchi negiz); oʻquvchi+lik: uchinchi derivatsiya (uchinchi negiz);

3) qoʻshma oʻzakdan yasash (ishbilarmon+lik, pirpir+ak, temiryoʻl+chi). Yasama soʻzga asos boʻlgan komponent — soʻz yasalish asosi yoki motivlovchi asos, undan hosil boʻlgan, yaʼni Yasama soʻz s esa motivlanuvchi asos deyiladi. Yasama soʻzning maʼnosi ana shu motivlovchi komponent va yasovchi qoʻshimchaning maʼnosi bilan asoslanadi, shu qismlarning maʼnosidan kelib chiqadi. Soʻzning yasalgan yoki yasalmaganligini belgilashda hoz. til nuqtayi nazaridan qaraladi. Mas, toshloq soʻzi qismlarga ajraladi (tosh+loq; tosh bilan bogʻlanish bor), qishloq soʻzi esa ajralmaydi, chunki bugungi kunda bu soʻzning «qishda yashaydigan joy» maʼnosi unutilgan. Boshqacha aytganda, Yasama soʻz larda yangi hosil qilingan lugʻaviy birlik bilan avvalgisi (yangi birlikka asos boʻlgani) oʻrtasidagi aloqa sezilib turadi (yana q. Soʻz yasalishi).


Lotin alifbosida maqola: YASAMA SOʻZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
NEGIZ
YER
LINGVISTIK TAHLIL
OLIY OʻQUV YURTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты