XINAGUL

XINAGUL (Impatiens balsamina) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt; ekma gul. Asosan, Osiyo va Afrikada, baʼzi vakillari Yevropa va Amerikada oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida hovlilarda ekiladi. Poyasi tik shoxlangan, tanasi etli, boʻyi 30 — 60 sm. Barglari oddiy, tuxumsimon, ketmaket joylashgan. Gullari oq, pushti, kizil, oddiy yoki qatmaqat, barg qoʻltigʻidan chiqadi. Iyul—okt. dan gullab mevalaydi. Mevasi sersuv koʻsakcha. Urugʻlari choʻziq yoki dumaloq. Mevasi yetilgach, charsillab yorilib, urugʻlari atrofga sochilib ketadi. Urugʻi mart oyi oxirida sepiladi. Oʻzbek xonadonlarida qadimdan Xinaguldan kizjuvonlar soch va tirnoklarini boʻyashda foydalanishgan. Tibbiyotda maydalab yanchilgan bargpoya kismi tirnoq va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: XINAGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
Yodgor Mirzajonov - Qora soch
XITOY
YEVROPA
SOCH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты