XINAGULDOSHLAR

XINAGULDOSHLAR (Balsaminaceae) xinagulnamolar qabilasiga mansub oila. Poyasi sersuv. Barglari oddiy, patsimon tomirli, navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, yon bargchasiz. Gullari zigomorf, ikki jinsli. Kosachabarglari 5 ta. Mevasi biror tashki taʼsirot natijasida atrofga sochilib ketadigan koʻsakcha, baʼzan rezavor. Xinaguldoshlarning toʻrt turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Ular, asosan, Osiyo, Afrikaning tropik qismida, baʼzi vakillari Yevropa va Shim. Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Xinaguldoshlarning 2 yovvoyi va 1 madaniy turi tarqalgan. X. vakillaridan gulxina yoki bogʻxina, choʻpxina ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: XINAGULDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
OSIYO
TOSHKENT
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты