XINDEMIT

XINDEMIT (Hindemith) Paul (1895.16.11, Xanau 1963.28.12, FrankfurtMayn) — nemis kompozitori, skripkachi, dirijyor, musika nazariyotchisi. 20-a. musiqa namoyandasi, musiqiy neoklassitsizm vakili. FrankfurtMayn konservatoriyasida taʼlim olgan (1909— 15). Shu shaharda opera teatrida skripkachikonsertmeyster (1915—23), torli kvartet sozandasi (alt, 1921—29), Berlindagi Oliy musiqa maktabi prof. (1927—37). 1938-y. dan Shveysariya va 1940-y. dan AQSH da yashagan. Ijodiy uslubi rivojlangan polifoniya vositalari, kompozitsion muvozanatli shakllar, vazmin obrazlari bilan ajralib turadi. Keng va serqatlam badiiy merosida yirik, rivojlangan dramaturgiyaga asoslangan janr (opera, simfoniya, sonata, konsert kabi)lar bilan birga havaskor musiqa jamoalar hamda bolalar ijrosiga moʻljallangan ommabop asarlar urin olgan. Ayniqsa, «Kardilyak», «Rassom Matiss», «Koinot garmoniyasi» operalari, «Kamer musika» turkumlari, sonatalar, torli kvartetlar, simfoniyalar, «4 temperament» va b. baletlar, fortepiano va b. sozlar uchun konsertlari mashhur. Kompozitsiyata doyr kitob, qoʻllanma va dareliklar yaratib, oʻziga xos ijodiynazariy tamoyillarni kashf etgan. Shveysariyada «Xindemit jamgʻarmasi» faoliyat koʻrsatmoqda (1968-y. dan).


Lotin alifbosida maqola: XINDEMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
MUSIQA
GERMANIYA
SHVEYSARIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты