XINSHELVUD

XINSHELVUD (Hinshelwood) Siril Norman (1897.19.6 — London — 1967.9.10) — ingliz fizikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1929) va prezidenta (1955—60). Oksford universitetining Beylyel kollejini tugatgan (1924); shu universitetda prof. (1937 — 64). Asosiy ilmiy ishlari zanjir reaksiyalar sohasiga oid. Rus olimi N. N. Semyonov bilan bir vaktda zanjir reaksiyalar nazariyasi asoslarini yaratdi. X. anorganik va organik lgoddalarning, mas, kaliy permanganat, aldegidlar, keton va b. moddalarning boʻlinish kinetikasini tadqiq etgan. Bakteriyalarning turli muhitlarda oʻsish muammolari bilan shugʻullangan (1938-y. dan). Nobel mukofoti laureati (1956; N. N. Semyonov bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: XINSHELVUD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
KIMYO
FIZIKA
IBN SINO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты