YASOVULBOSHI

YASOVULBOSHI — Turkiston xonliklarida saroy mansablaridan biri. Mas, Xiva xonligida Yasovulboshining qoʻlida mirshabxona, qamoqxonalar, shuningdek, xonni qoʻriqlash ishlari boʻlgan. Maxfiy farmonlar ham Yasovulboshi orqali oʻtgan. Yasovulboshi koʻchmanchilardan tuzilgan askariy qismlarga qoʻmondonlik qilgan. Yasovulboshi xonning farmoniga muvofiq askarni vaqtida urushga boshlab borishgan. Har bir Yasovulboshining bir necha yordamchisi boʻlib, ular yasovumlar deb atalgan. Arznomani tekshirish uchun xondan farmon olgach, Yasovulboshi oʻz yordamchilaridan birini shikoyatchiga qoʻshib, hodisa yuz bergan joyga joʻnatgan. Tekshirish ishlari tamom boʻlgandan keyin, Yasovulboshi saroydan boshlab bosilgan har bir tosh (18 chaqirim) masofa uchun arzchidan oʻz foydasiga 3,5 tanga undirib olgan. Qadimda Yasovulboshida uning unvonini koʻrsatadigan kumush qalpoqlik aso boʻlgan, 19-asr oxirlarida esa Ya. kamariga pichoq taqqan.


Lotin alifbosida maqola: YASOVULBOSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XIVA XONLIGI
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты