YASOL

YASOL (turkiycha yasa — safga tizish) — Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻrta Osiyoda qoʻshinning harbiy safar hamda jang maydonida egallagan jangovar tartibi. Tarixiy maʼlumotlarning shahodat berishicha, har bir harbiy qism va boʻlinmalarning Yasol dagi doimiy oʻrinlari oldindan belgilab qoʻyilgan. Yasol dagi qatʼiy tartibintizomni hech kim oʻzboshimchalik bilan buzish huquqiga ega boʻlmagan. Vaqt oʻtishi bilan Yasol ham takomillashtirilgan, uning guzilmasi murakkab tus olgan. Ikkinchi Turk xoqonligi ijtimoiy, siyosiy, madaniy turmush tarzini aks ettiruvchi qadimiy turkiy run bitiklaridan xoqonlik qoʻshinining Yasoli quyidagi tarzda boʻlganligini, yaʼni u, asosan, yelma, qaraku (avanpost, soqchi guruh), yizak, ilki su (avangard, ilgʻor qism), oʻng (oʻng qanot) va soʻl (chap qanot) qismlardan iboratligini ilgʻab olish mumkin. Qoʻshin markazi va aryergardining mavjud boʻlganligi, ularning qanday nomlanganligi haqida biron fikr aytish mushkul. Markazda yadak (piyodalar), oʻqchi (kamonkashlar) va yoʻrtugʻ (ogʻir qurolli suvoriylar) joylashgan. Mazkur Yasol anʼanaviy 5 qismdan tashkil topgan jangovar tartibning tipik namunasi hisoblanadi.

Amir Temur jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib janggohda qoʻshinni 7 boʻlakka taqsimlagan holda joylashtirishni joriy qilgan (q. Jangovar tartib, Temuriylar harbiy sanʼati).


Lotin alifbosida maqola: YASOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
JANGOVAR TARTIB
TURK XOQONLIGI
TOSHKENT
TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты