YASOQ

YASOQ (moʻgʻulcha dzasaq — qonun; jazolash) — 1) 1206 yil Chingizxon buyuk qurultoyda ulugʻ xon etyb saylanganda eʼlon qilingan qonunlar majmuasi; oʻrta asrlar moʻgʻul huquqi toʻgʻrisidagi asosiy manba (q. Chingizxon yasosi);

2) Moʻgʻullar davlatida (13—15-asrlar) mavjud qonunqoidalarni buzgan, ularga itoat qilmagan shaxslarga beriladigan jazo. Tarixiy obidalarda qayd etilishicha, Yasoqqa tortilgan jinoyatchilar aksariyat qatl etilgan;

3) Oltin Oʻrda xonligi tomonidan istilo qilingan mamlakatlardan, keyinchalik Moskva davlati va chor Rossiyasi tomonidan mazlum xalklardan natura bilan undiriladigan soliq. 15 — 18-asrlarda Volga boʻyi, 17—20-asr boshlarida Sibirda ovchilik bilan shugʻullangan rus boʻlmagan xalqlardan olingan. Yasoq moʻyna, baʼzan chorva mol bilan toʻlangan. Yasoqning toʻlanishi tobelikni ifodalash shakllaridan biri boʻlgan. Har bir qabila yoki urugʻ uchun alohida Yasoq belgilangan. Kungur tatarlari va boshqirdlar uchun Yasoq yer soligʻi, Sibirning ayrim xalqlari uchun jon soligʻi boʻlgan, yakutlarda chorva mol soniga qarab toʻlangan. 18-asrdan Yasoq pul toʻlovi bilan almashtirilgan (Volga boʻyida 1720-y. lardan, Sibirda 1822-yildan). Yasoq toʻplovchilar (yasoqchilar)ning mansablarini suiisteʼmol qilishlari hukumatni Yasoq majburiyatini Yasoq komissiyalari orqali tartibga keltirishga majbur qilgan. Yasoq oz miqdorda 1917-yildagi Fevral inqilobiga qadar saqlanib qolgan.

Ad. Rashid ad-Din; Sbornik letopisey, t. 1, kniga 2, M. — L., 1952.

Hamidulla Dababoyev.


Lotin alifbosida maqola: YASOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT
YER
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты