YASPERS

YASPERS Karl (1883.23.2, Oldenburg — 1969.26.2, Bazel) — nemis faylasufi, ekzistensializm asoschilaridan biri, psixiatr. Germaniyaning bir necha untida tibbiyot va psixologiyani oʻrgangan. 1921—37 va 1945-yildan Geydelberg unti, 1948-yildan Bazel un-ti prof. Yaspers ekzistensializmi chegaraviy faoliyatlar toʻgʻrisidagi taʼlimotida yaqqol koʻrinadi. Uning fikricha, borliqning mohiyati insonga uning chuqur kechinmalari davri (qoʻrquv, oʻlim, mudhish jinoyat va boshqalar)da ayon boʻladi. Insonning vujudga kelishi toʻgʻrisidagi masalani Yaspers eng muhim masala deb hisoblab, inson hamma narsaning bevosita asosidir, olamdagi aloqadorlikning barcha turlari va barcha biologik taraqqiyot jarayoni odamning oʻziga emas, balki insoniy modda, insoniy materialga daxldor, degan fikrni ilgari suradi. Asosiy asarlari: «Ekzistensial falsafa» (1938), «Haqiqat toʻgʻrisida» (1947), «Tarixning maʼnosi va vazifasi» (1949), «Falsafaga kirish» (1950), «Atom bombasi va insoniyatning kelajagi» (1958) va boshqalar


Lotin alifbosida maqola: YASPERS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
YUNONISTON
FALSAFA
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты