YASSAVIYLIK

YASSAVIYLIK — tasavvufdagi tariqatlardan biri. Asoschisi Ahmad Yassaviy. 12-asrda Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan. Yassaviylik taʼlimotiga koʻra, komil murshid (shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni oʻzida mujassam etish, shariat ilmini mukammal egallab, soʻng muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir. Yassaviylikka koʻra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur: biror kishini oʻz murshididan ustun qoʻymasligi va unga mutlaq ehtirom bilan bogʻlanishi; zikr va idrok sohibi boʻlishi, ustozining ramzi va ishoratlarini oson ilgʻashi; soʻzda toʻgʻri, vaʼdaga vafodor boʻlishi; ustozining amr, taklif, vaʼz va nasihatlarini nazardan soqit etmay kamolga intilishi. Haziniyning «Javohir ulabror» asarida Yassaviylikning asoslari quyidagicha qayd qilingan: tavhidga asoslangan tasavvufiy tushunchalar; shariat va paygʻambarning sunnatiga mutlaq bogʻliqlik; shariatga tayangan tariqat; riyozat va mushohada; xilvat va zikr. Yassaviylikda ilmmaʼrifat egallash, himmat va saxovat tuygʻularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashda sobit boʻlish, halol mehnat bilan rizq topishga alohida ahamiyat berilgan. Yassaviylik zikri jahriyga asoslanilgan. Tasavvuf taʼlimotiga koʻra, insonning asl vatani mutlaq borliq. Inson shu borliqda paydo boʻlgan, oʻsha muqaddas borliqqa qaytmogʻi muqarrar. Shu bois haqiqiy sufiy vatan va vatanparvarlik borasida tor tushunchaga berilmasligi kerak. Yassaviylik koʻplab olim, shoir va davlat arboblari qalbini zabt aylagan. U faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson, Ozarbayjon, Turkiyada ham keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YASSAVIYLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YASSAVIY
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
FOROBIY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты