XIROSIMA

XIROSIMA — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. ning jan. gʻarbida. Xirosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,12 mln. kishi (2000). Mamlakatning muhim transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Ota daryosi deltasidagi port. Kemasozlik va stanoksozlik, avtomobilsozlik, harbiy, rezinatexnika, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitet bor. Shahar zamindorlar qasri atrofida 16-a. da bunyod etilgan. 1945-y. 6 avg. da AQSH aviatsiyasi tomonidan tashlangan atom bombasidan qattiq zarar koʻrgan. Bombardimon natijasida halok boʻlganlar xotirasiga yodgorlik muzeyi barpo etilgan. Tinchlik memorial markazi Xirosima dagi eng muhim zamonaviy meʼmoriy bino hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: XIROSIMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты