YASSI TANALILAR

YASSI TANALILAR — 1) qoʻngʻizlar oilasi. Uz., odatda, 1—6 mm, tropik turlarida 30 mm gacha. Tanasi orqa tomonidan kuchli yassilashgan. 1100 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida mayda, yashirin yashovchi turlari uchraydi; yaxshi oʻrganilmagan. Qoʻngʻizlar va ularning qurtlari, asosan, yirtqich hayot kechiradi; hammaxoʻr turlari ham bor. Daraxt poʻstlogʻi ostida va quruq yogʻochlarda, baʼzan toʻkilgan barglar orasida va chumolilar inida yashab, hasharotlar qurtlari bilan oziqlanadi. Ayrim turlari un, krupa va quruq mevalarda yashaydi. Surinam unxoʻri keng tarqalgan; rangi qoʻngʻir. Uz. 2,5—3,5 mm. Boshqa koʻp uchraydigan turi sariq unxoʻrning uz. 1,5—2 mm.

2) Kanalar oilasi.


Lotin alifbosida maqola: YASSI TANALILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
CHUMOLILAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты