YASUGAY BAHODIR

YASUGAY BAHODIR, Yesugay bahodir (? — taxm. 1168) — Moʻgʻulistondagi koʻchmanchi qabilalar ittifoqidan birining rahbari. Chingizxonning otasi. Yasugay bahodirning otasi — Bartan bahodir, bobosi — Qobulxonlar ham qabila sardori boʻlishgan. Yasugay bahodir kuchli totor qavmi bilan qattiq kurash olib borib, ular yurtini tobe ettirgan.

Yasugay bahodirning beshta oʻgʻli boʻlgan. Temuchin (Chingizxon), Joʻchi Qasar, Qachun, Tamuka, Bilgutoy oʻtchikin. Yasugay bahodir oʻgʻillari va urugʻaymogʻining aksariyati oq yuzli va qora koʻz boʻlishgan; moʻgʻullar qora koʻzli odamlarni burjigin deb atashgan. Shu tufayli Yasugay bahodir urugʻi burjigin — qiyot (moʻgʻulcha qiyot — kuchli, shiddatli) deb nom olgan. Yasugay bahodir vafot etganda Chingizxon 13 yoshda, ukalari esa yanada yosh boʻlishgan.

Ad.:Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Abulgʻozi y , Shajarayi turk, T, 1992.


Lotin alifbosida maqola: YASUGAY BAHODIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ULUGʻBEK
TEMURIYLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты