YATROGEN KASALLIKLAR

YATROGEN KASALLIKLAR (yun. — vrach va — yaratish, tugʻdirish) , yatrogeniyalar, psixogeniyalar — vrach yoki boshqa tibbiyot xodimlarining ehtiyotsizlik bilan aytgan nooʻrin gaplari, xattiharakatlarining bemor psixikasiga taʼsir etishidan kelib chiqadigan kasalliklar. Aksari injiq, vasvas, oʻta taʼsirchan va asabi zaifroq kishilarda roʻy beradi. Baʼzi hollarda bemor vrach xulosasini (mas, biror obroʻliroq mutaxassis koʻrayetganda yeki rentgenda tekshirilayotganda) qattiq tashvishlanib qabul qilishi; oʻzini sogʻlom deb yurgan kishiga vrach koʻrayotganda biror ogʻir, xavfli (mas, gipertoniya kasalligi, oʻsma) yoki kishini mulzam qiladigan (teritanosil, ginekologik) kasalligi borligi haqida taxmin aytilishi ham Yatrogen kasalliklarga sabab boʻladi. Odatda, bir xil kasalliklar (mas, sil kasalliklari, oʻsma kasalliklari) davolanadigan kasalxonalarda yotgan baʼzi badgumon bemorlarda kuzatiladigan davolanish va davo ishlariga shubha bilan qarash, tushkunlikka tushish kabi holatlar kasallikni ogʻirlashtiradI.

Davosi: psixoterapiya.


Lotin alifbosida maqola: YATROGEN KASALLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
YER
SIL
TOSHKENT
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты