XITOYLAR

XITOYLAR (oʻzlarini xanszu, xanʼ deb ataydilar) — xalq. XXRning asosiy aholisi. Shuningdek, X. Tailand, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vyetnam, Birma, Filippin va Kambodjada yashaydi. Dunyoda son jihatdan eng koʻp xalq hisoblanadi. Umumiy soni taxm. 1,325 mlrd. kishi (2003-y.). Xitoy tiliщ soʻzlashadilar. Xitoylarning asosiy qismi mongoloid irk?shing Tinch okean tarmogʻiga, Xitoylarning kichik guruhlari esa Sharqiy Osiyo va Jan. Osiyo variantiga mansub. Yozuvi iyerogliflardan iborat. Dindorlari — asosan, budda diniga, daosizm, konfutsiylikka eʼtiqod qiladi, musulmonlar, xristianlar ham bor. Qadim zamonda X. sya, xuasya deb nomlangan. Sya etnonimining xanga aylanishi Xitoyni 2marta birlashtirgan xan sulolasi nomi bilan bogʻliq. Xan etnonimi odatga kirgandan soʻng ushbu xalq tili xanyuy, yozuvi xanszi deb ataldi. X. 4000-yillik yozma tarixga ega boʻlib, ular ilk bor Xuanxe (Qoramuron) daryosi quyi oqimi boʻylarida yashashgan. X. ajdodlari qatoriga mil. av. 2ming yillikda turli xil madaniyatlar (Yanshao, Lunshan va b.)ni yaratgan, Xuanxe va Yanszi daryolari havzasida dehqrnchilik bilan shugʻullangan qabilalar kirgan. Mil. av. 2ming yillikda hoz. Xenan, Shensi, Shansi viloyatlari xududida ibtidoiy jamoa munosabatlarining asosiy belgilari saqlanib qolgan In davlati paydo boʻldi. Inliklarning gʻarb tomonida ularga kardosh boʻlgan chjou qabilalari yashab, ular mil. av. 11-a. da In davlatini istilo qilishgan. Mil. av. 11—3-a. larda hoz. Xitoy hududida in va chjou xalqlarining avlodlari bilan aralashib ketgan turli xalqlar (man, jun, di, i) yashagan. Shuningdek, mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan xitoy manbalarida Yanszi daryosidan jan. da yashagan koʻp sonli yue qabilasi ham tilga olingan. Bu qabilalarning koʻpchiligi, asosan, tay xalqlarining, shuningdek, indonezlar, vyetnamlar va monkxmer xalklarining ajdodlari hisoblangan. Xitoylarning oʻziga xos mentaliteti, anʼanasi, urfodatlari, axloq normalari, milliy goyasi va madaniyati mavjud. Asosan, q. x. (sholi, paxta yetishtirish), pillachilik, bogʻdorchilik, choy yetishtirish bilan shugʻullanadilar. Xitoy chinnisi dunyoda juda mashhur.


Lotin alifbosida maqola: XITOYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
OKEAN
TOSHKENT
INDONEZIYA
VYETNAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты