YAXLIT BOSHLILAR

YAXLIT BOSHLILAR, yaxlit bosh suyaklilar — togʻayli baliqlar kenja sinfi. Skeleti togʻaydan iborat. Yuqori jagʻ suyagi yaxlit. Yuqori jagʻ togʻayli bosh qutisi bilan qoʻshilib ketgan (golostiliya, nomi shundan). Terisi yalangʻoch, baʼzan tishchalar yoki tangachalar bilan qoplangan. Tishlari naysimon dentin, emalsiz, koʻpincha qoʻshilib plastinka hosil qiladi. Jabra yoriqlari 2 juft, teri burmalari bilan yopilgan. Yaxlit boshlilarning 1 ta ximerasimonlar turkumiga birlashadigan bir necha oʻn xil turi bor.


Lotin alifbosida maqola: YAXLIT BOSHLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BALIQLAR
YER
KALLA SUYAGI
TOGʻAYLI BALIQLAR
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты