XLAMIDOZ

XLAMIDOZ — OOZ, rikketsioz, keratokonyunktivit — hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Koʻp hollarda X. katta iktisodiy zarar keltiradi, kasallik hayvonning koʻr boʻlishi bilan tugashi mumkin. Kasallikni reketsiyalar qoʻzgʻatadi. X. bilan barcha q. x. hayvonlari, koʻproq qoramollar zararlanadi. Kasallik yilning barcha fasllarida uchrashi mumkin, biroq issiq paytida koʻproq va ogʻirroq kechadi. Xlamidozning yashirin davri 2 — 12 kun. Koʻproq bir koʻz, kamroq ikkala koʻz ham zararlanadi. Tana harorati koʻtariladi, holati yomonlashadi, koʻzidan koʻp miqdorda shilliqyiringli suyuqlik oqadi. Soʻngra abssess oʻzoʻzidan yoriladi, uning oʻrnida yara hosil boʻladi. Hayvonning ahvoli yaxshilanib, astasekin sogʻayadi. Kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari hamda konyunktiva surtmasini mikroskopda tekshirish orqali tashhis qoʻyiladi.

Davolash: kasal mollar salqin xonalarda saqlanib, antibiotiklar qoʻshilgan turli malham dorilar (mazlar yoki linementlar) qoʻllaniladi. Ogʻir hollarda novokainli blokada qilish yaxshi samara beradi.

Oldini olish: hayvonlarni statsionar nosogʻlom xoʻjaliklardan chiqarmaslik tavsiya etiladi. Mollar kish faslida bir oyda bir marta, yoz oylarida esa har kuni koʻzdan kechiriladi. Sogʻlom mollarning koʻziga profilaktika maqsadida antibiotiklardan tayyorlangan mazlar yoki emulsiyalar suriladi, pashshalarga qarshi kurashiladi.

Hoshim Nurmamatov.


Lotin alifbosida maqola: XLAMIDOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TIBBIYOT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
IBN SINO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты