YAXNA

YAXNA (fors. toj. — sovitilgan) — qadimiy taomlardan biri. Dastlab olov kashf qilinib, qozon paydo boʻlganidan keyin suvda qaynatib pishirib sovitilgan holda isteʼmol qilinadigan taomlar; sovitilgan ichimliklar. Yaxna taomlarga hayvonot masalliqlaridan tayyorlanadigan qazi, qarta, qorin, xasip, dumbajigar, kallapocha, sutli oʻpka, liqliq, yaxna goʻsht va boshqalar kiradi. Yaxna ovqatlarni sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin. Yaxna goʻsht tayyorlash uchun yaxlit goʻsht boʻlaklari qaynab turgan suvga yoki shoʻrvaga solinadi, 1 — 1,5 soat mildiratib qaynatiladi, qozonga tuz, archilgan butun piyoz, sabzi, sarimsoqva b. solinadi. Goʻsht pishgach, suvdan olinib, havoda sovitiladi, qalamlab yoki yaproqlab kesib, murchli piyoz yoki sabzavotlar bilan dasturxonga tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: YAXNA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
QARTA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты