YAXOB

YAXOB — tuproqda nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normal rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarga, bogʻlar va tokzorlarga qish, erta bahorda suv berish. Yogʻin miqdori yetarli boʻlmagan (yiliga 250 mm dan kam) r-nlarda qoʻllaniladi. Yaxob grunt suvlari 3 m dan chuqur joylashgan avtomorf tuproqlarda yaxshiroq samara beradi. Turli darajada shoʻrlangan gidromorf tuproqlart Yaxob shoʻr yuvish vazifasini bajaradi. Baʼzi joylarda (yengil va qatlami yupqaroq tuproqparda) Yaxob ekish oldidan oʻtkaziladi (ekish oldidan suv berish). Yaxob tekis yerlarda marza olinib, nishabli yerlarda aylanma yoki dandana ariq solib beriladi. Yaxob texnikasi vegetatsion suv berish texnikasi bilan deyarli bir xil. Yaxob normasi turlicha boʻladi: tagzamini qum yoki shagʻal boʻlgan 0,5—1 m qalinlikdagi tuproqlarda 1000—1800 m3/ga, qalin avtomorf tuproqlarda 2500 m5/ga gacha boradi (q. Yer shoʻrini yuvish).


Lotin alifbosida maqola: YAXOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YER SHOʻRINI YUVISH
OKEAN
YER HAYDASH
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты