TRITIY (yun. tritos, lot. Tritium) , T. (yoki 3N) — vodorodning massa soni 3 boʻlgan radioaktiv izotopi. 1934-y. da ingliz olimlari E. Rezerford, M. L. Olifant va P. Xarteklar kashf qilishgan. Tritiy yadrosi 1 taproton va 2 ta neytrondan iborat. Tritiy rfaol, yarim yemirilish davri T1/2q 12,26 y. Tabiatda atmosferaning yuqori qatlamlarida kosmik nurlar neytronlarining azot atomlariga taʼsir etishidan hosil boʻladi va yomgʻir bilan yer yuziga tushadi. Tritiy yadro reaktorlarida litiy 6Li ni neytronlar bilan nurlatib olinadi (3 LiQnq,TQ 2 Ne ). T. termoyadro sintezi reaksiyalarida muhim komponent sifatida, shuningdek, kimyoviy, biologik va gidrologik tadqiqotlarda ishlatiladi (q. Izotop indikatorlar).