YAXSUV

YAXSUV — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi daryo. Panj Qizilsuvining chap irmogi. Boshlanishida Mujnakion deb ataladi. Hazratisho tizmasining gʻarbiy yon bagridan 3580 m balandlikda, kichkina muzlikdan boshlanadi. Uz. 160 km, suv yigʻish havzasi mayd. 2710 km2. Asosiy irmoqlari: Dondushkan, Obisurx. Obishoʻr, Obikaptarxona, Koʻlobdaryo. Qor suvlaridan toʻyinadi. Fev. oxiridan iyungacha — toʻlinsuv davri. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Karbostonak qishlogʻi yonila, boshlanishidan 70 km, quyilishidan 90 km da) 34 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 79,5 mʻ/sek. dan (koʻp suvli 1969 yil da) 17,1 m3/sek. gacha (kam suvli 1947-yil da) oʻzgaradi. Suvi yuqori darajada loyqalangan. Daryo yiliga 2600 t oqiziq keltiradi. Karbostonak qishlogʻidan quyiroqda qurilgan suv taqsimlovchi inshoot orqali daryo suvi ekinzorlarni sugʻorishga sarflanadi.


Lotin alifbosida maqola: YAXSUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
YAPONIYA
AMUDARYO
YER
SIRDARYO


Добавить комментарий