YAXTON VOLFRAM KONI

YAXTON VOLFRAM KONI — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kon. Urgut shahridan 10 km shim. da joylashgan. Yaxton volfram koni hududida yana bir qancha mayda volfram konlari va namoyonlari (Choshtepa, Kamongaron, Zinak va Turangli) mavjud. Yaxton volfram koni Yaxton rudali maydonida koʻproq oʻrganilgan va muhim obyektlardan hisoblanadi. Bu maydon yirik Xoʻjadik—Avgayjuman gektonik zonasida mujassamlashgan. Konda vulkanogenterrigenli, tufogenkarbonatli, karbonatli va kremniykarbonatli yotqiziqlar mavjud boʻlib, ularni intruziv hosilalar (granitoidli va ishqorbazaltli) majmuasi yorib chiqqan. Skarnlashgan metasomatik jinslar konning rudalarini oʻzida qamrovchi asosiy minerallashgan hosilalar boʻlib, ular qatlamlararo chegara va chegaraoldi hamda shtokverksimon tanalar shaklida intruziv va choʻkindi jinslar kontakt zonalarida rivojlanadi. Baʼzida skarnlar choʻkindi togʻ jinslari orasida joylashib, chegaradan 150—200 m uzoqlikda ham uchraydi. Konning asosiy zaxiralari skarnsheyelitli shtokverk va shim. gʻarbiy maydondagi qatlamlararo rudali jismlarda toʻplangan. Ushbu maydondagi kontaktoldi skarnli zona 500—600 m chuqurlikda boʻlib, 1000 m ga choʻzilgan. Skarnrudali jismlar qalinligi oʻzgaruvchan boʻlib, 2—3 m dan 20—25 m gacha. Barcha skarnlar volfram, oltin, vismut, margimush hamda kumush, molibden, rux, qalayning yuqori konsentratsiyasiga ega. Asosiy rudali mineral — sheyelit; oltin esa, yoʻldosh komponent boʻlib hisoblanadi. Sulfidlardan, odatda, pirrotin, arsenopirit, pirit, xalkopirit, baʼzan galenit, sfalerit, vismutin uchraydi. Norudalardan albit, kvars, xlorit, seritsit, piroksen va boshqalar mavjud. Asosiy rudali komponent — \\Yu, ning aniqlangan zaxiralari 22 ming t dan koʻproq, bashoratlanganlari 50 ming t dan ortiq.


Lotin alifbosida maqola: YAXTON VOLFRAM KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
ROSSIYA
SAMARQAND
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты