XLORATLAR

XLORATLAR — xlorat kislota (NS1O3) tuzlari. Oddiy t-rada barqaror kristall modda, qizdirilganda yoki katalizatorlar ishtirokida kislorod chiqarib parchalanadi. Koʻpchilik X. suvda va baʼzi organik erituvchilarda eriydi. Organik va oson oksidlanadigan moddalar bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Metall xloridlarning suvdagi eritmalarini elektrokimyoviy oksidlanish, metall gidroksidlarni xlorlash usullari bilan olinadi. Xloratlardan natriy xlorat NaClO3, kaliy xlorat KS1O3 (bertolle tuzi), kalsiy xlorat (SaS1O3)2, magniy xlorat (MgClO3)2 sanoat mikyosida ishlab chiqariladi. Natriy xlorat gugurt va pirotexnik tarkiblarni tayyorlashda, kalsiy xlorat kaliy xlorat olishda oraliq mahsulot sifatida ishlatiladi.

Magniy xlorat desikantlar guruhiga kiradi. Unga oz mikdorda etanolamin fosfatning suvdagi eritmasini qoʻshib samarali taʼsir etuvchi defoliantlar olinadi. Bu preparatlar gʻoʻzaga qoʻllanganda yosh yashil koʻsaklar saqlanib qoladi, barglar qurimasdan 80—90% gacha toʻkiladi, hosil gektariga 3—4 s ga ortadi.


Lotin alifbosida maqola: XLORATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
KALSIY
KISLOROD
KALIY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты