YASHAR KAMOL

YASHAR KAMOL (taxallusi; asl nomi Kamol Sodiq Goʻkchali) (1922, Adana shahri yaqinidagi Xamite Goʻkchali qishlogʻi) — turk shoiri va yozuvchisi. 20-asr turk adabiyotining yirik namoyandasi. Birinchi hikoyalar toʻplami — «Jazirama» (1952). Asarlarida demokratik tendensiya kuchli. Boylik va qashshoqlik oʻrtasidagi kurash Ya. K. asarlarining asosiy yoʻnalishini tashkil etadi. «Togʻlar afsonasi» (1973) romantik qissasi folklor taʼsirida yuzaga kelgan. Asarda oʻtmishdagi Turkiya hayoti, odamlarning bir-biriga munosabati, axloqiy urf-odatlar mahorat bilan aks ettirilgan.

Yashar Kamol ijodining boshlangʻich davri sheʼrlar, ocherklar yozish bilan boshlangan boʻlsa ham, unga yozuvchi sifatida romanlari, ayniqsa, 3 jildli «Inja Mamad» asari (1955, 1969, 1984) shuhrat keltirgan. «Asosiy tayanch» (1960), «Yer — temir, osmon—mis» (1963), «Soʻnmas olov» (1969), «Temirchilar rastasi», (1974), «Chakirjalik Efe», (1972), «Ilonni oʻldirsalar» (1976), «Ollohning sinovlari» (1978), «Tepalikdagi anor daraxti» (1982) kabi roman va qissalar muallifi.


Lotin alifbosida maqola: YASHAR KAMOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKIYA
YER
YAPONIYA
ALISHER NAVOIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты