XLORELLA

XLORELLA (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvoʻtlar urugʻi. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobigʻi silliq, 4—8 (baʼzan 16) tagacha avtosporalar hosil kilish orqali jinssiz koʻpayadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi tarkalgan. Chuchuk va dengiz suvlarida, nam tuprokda uchraydi; lishayniklar va suvda yashovchi organizmlar tanasida simbioz yashaydi. Oqar suvlarni biologik tozalashda, yopiq ekosistemalar (mas, kosmik kemalar, suv osti kemalari)da havoni qayta tozalashda va fotosintez jarayonlarini oʻrganishda keng miqyosda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XLORELLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
LISHAYNIKLAR
OKEAN
FOTOSINTEZ
SUVOʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты