YASHILKOʻL

YASHILKOʻL — Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi koʻl. Panj daryosi havzasida, Shim. Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. Gʻunt (Alichur) daryosida, 3734 m balandlikda joylashgan. Uz. 24,2 km, eng keng joyi 3,7 km, mayd. 35,6 km2. Oʻrtacha chuq. 12,5 m, eng chuqur joyi 50,2 m. Koʻlga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: SuuluTagarkati, Katta Bakchigir (jan. sohilida), Katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shim. sohilida). Yashilkoʻl togʻ qulab tushishi va Panj daryosining oʻng irmogʻi Gʻunt daryosi oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida hosil boʻlgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi apr. — avg. oylarida koʻtariladi. Sent. dan apr. gacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Koʻl suvi yozda 10—13° gacha isiydi.


Lotin alifbosida maqola: YASHILKOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
POMIR
TOSHKENT
OKEAN


Добавить комментарий