XLOROFILL

XLOROFILL (yun. chloros — yashil va phyllon — barg) — oʻsimliklarning yashil pigmenti, yuksak oʻsimliklarning xloroplastlarppya, tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar)ning xromatoforalarida joylashadi. Kimyoviy tarkibi — gemoglobinga yakin turadi. Xlorofillning biologik xususiyati yorugʻlik energiyasini oʻzlashtirish va uni organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantirishdan iborat. Xlorofillni birinchi marta fransuz olimlari P. Pelte va J. Kavantu yashil rang sifatida oʻsimlik bargidan ajratishgan (1818). Rus olimi M. S. Svet bir-biriga oʻxshash ikkita yashil pigment X. «o» va X. «v»ni kashf etgan (1910). Xlorofillni 1960-y. amerikalik kimyogar R. B. Vudvord xodimlari bilan toʻla sintez qilib oldi. Xlorofillning miqsori oʻsimliklar turiga, bargning joylashishiga va b. sharoitlarga bogʻliq. X. yetishmasa oʻsimliklar oʻsishi susayib, barglari sargʻayadi. Bu esa oʻsimliklarda xloroz kasalligini qoʻzgʻatadi.


Lotin alifbosida maqola: XLOROFILL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOTOSINTEZ
YER
FRANSIYA
BARG
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты