XLOROFORM

XLOROFORM, trixlormetan, SNS13 — oʻtkir hidli, shirin taʼmli, rangsiz suyuklik. Suyuklanish trasi —63,5°, qaynash trasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va b.) bilan aralashadi. Yorugʻlikda havo kislorodi taʼsirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qoʻshiladi. X. metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlangʻich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: XLOROFORM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ETIL SPIRTI
TITAN
TEMIR
VODOROD
UGLEROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты