YASHMA

YASHMA (arab.) — kremniyli choʻkindi togʻ jinsi. Asosan, xalsedon hamda tarkibida kalsiy karbonatlari va giltuproq aralashmasi boʻlgan kvarsning mikroskopik donalaridan tashkil topgan. Yashmaning kelib chiqishi metasomatizm jarayoni va kremniyli choʻkindilarning metamorfik oʻzgarish jarayoni bilan bogʻliq. Tarkibiga koʻra: kvarsli asl Yashma ; kvarsli, kvarsxalsedonli yashmoidlar; kvarsdala shpatli Yashma koʻrinishl i jinslarga boʻlinadi. Rangi sariq, qizil, yashil, kulrang. Koʻpincha toʻlqinli, dogʻ va yoʻlyoʻl koʻrinishdagi turfa rangda uchraydi. Qattiqligi 5,5—7; yaxshi silliqlanish xususiyatiga ega. Shaffof emas. Teksturasi boʻyicha yaxlit, yoʻlyoʻl, sferoid shakllilarga ajratiladi. Ayniqsa, turli rangli tasvir (peyzaj) koʻrinishidagi turlari qimmatli hisoblanadi. Yashma qatlam va linza koʻrinishida boʻlib, qavatlarning qalinligi oʻnlab va yuzlab metr boʻladi. Ya. Oʻzbekiston, Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina va boshqalar joylarda uchraydi. Yashmaning yaxshi silliqlanadigan turlari qadimiydan bezak toshi sifatida ishlatilgan. Hoz. vaqtda bezak toshi, qoplama sifatida hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda va texnik maqsadlarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: YASHMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YER
UKRAINA
TOSHKENT
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты