XMELNISKIY

XMELNISKIY Bogdan (Zinoviy) Mixaylovich (taxm. 1595—1657.6.8) — ukrain davlat arbobi, sarkarda, Ukraina getmani (1648—57), polyaklar zulmiga qarshi koʻtarilgan mustaqillik urushi rahbari (1648—54). 1637 — 38 y. lardagi xalq qoʻzgolonlarida qatnashgan. 1640-y. oʻrtalarida polyaklarga qarshi qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrib, kazaklar qoʻshinini tuzgan. 1648-y. qamoqqa olingan, lekin koʻp oʻtmay Zaporojye Sechiga qochgan.

Ijtimoiy, diniymilliy zulmga qarshi qonli va uzoq davom etgan ozodlik urushlari 1648-y. yanv. da X. boshchiligidagi milliy inqilobga aylangan. Bu urushlarda Qrim xonligi, Rossiya, Shvetsiya, Transilvaniya, Usmonli turk imperiyasi, Moldova va b. qatnashgan. Ukraina — Getmanlik mustaqil davlat boʻldi. 1654-y. dan murakkab tashqi siyosat va harbiy vaziyat (Polsha qiroli katta armiya yuborgan) oqibatida X. Moskva bilan davlatlararo harbiy ittifoqtuzgan. X. mustaqil getmanlik hokimiyatini, cheklangan tashki siyosiy munosabatlar va kazak qoʻshinlarining 60 minglik tarkibini saklab qolish toʻgʻrisida taklif qilgan. Ukraina — Getmanlik xrkimiyatini tashki siyosatda tan olinishiga erishgan. Ukrainaga avtonom huquqi berilgan. X. ukrain xalqini Polsha hukmronligidan ozod kilishda katta rol oʻynadi.


Lotin alifbosida maqola: XMELNISKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
ROSSIYA
XITOY
POLSHA
FRANSIYA


Добавить комментарий