XMELNISKIY VILOYATI

XMELNISKIY VILOYATI (1954-y. gacha Kamenes-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 20,6 ming km2. Aholisi 1396 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 32%. Muhim shaharlari: Xmelniskiy, KamenesPodolskiy, Shepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 shaharcha bor. Markazi — Xmelniskiy sh.

Tabiati. Xmelniskiy viloyati Podoliya qirlarining markaziy qismida joylashgan. Iklimi moʻtadil, kontinental. Yozi iliq va sernam; iyulning oʻrtacha trasi 19,4°; qishi yumshoq, yanv. ning oʻrtacha trasi —5,6°. Yiliga 563—622 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Daryolari Dnestr, Jan. Bug, Gorin, Sluch. Tuprogi, asosan, kam chirindili qoratuproq, podzollashgan krratuproq, sur va och sur tusli, qumoq, chimlipodzollashgan, chimlikarbonatli tuproklar. Xmelniskiy viloyati, asosan, oʻrmonli dasht zonasida. Hududining 13,4% oʻrmon (dub, qayin, togʻterak, grab, zarang, joʻka oʻsadi). Quyon, tulki, boʻri, yelik, los, tiyin, kemiruvchilar bor.

Xoʻjaligi. Oziq-ovqat sanoatida, ayniqsa, shakarqand tarmogʻi rivojlangan. Moysir korxonalari, goʻsht ktlari, sabzavotkonserva, pivo, qandolatpazlik sanoat tarmoqlari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan movut i. ch., tikuvchilik, trikotaj, koʻnattorlik, poyabzal, yigiruvtoʻquv tarmoklari rivojlangan. Stanoksozlik va asbobsozlik zavodlari, elektrotexnika, avtomatlashtirish va boshqaruv sistemasi vositalari priborsozligi, radiotexnika, traktor va q. x. mashinasozligi, avtoagregat, mashinasozlik (yengil va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashinalar) zavodlari bor.

Q. x. gallachiliklavlagikorlik bilan sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla, sabzavot va kartoshka, yemxashak, texnika ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Krramol, choʻchqa, qoʻy va parranda boqiladi. Hovuz baliqchiligi va asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. T. y. uzunligi 732 km. Dnestr daryosida kema qatnaydi. Xmelniskiy sh. avialiniyalari orqali Kiyev, Lvov, Chernovsi va b. viloyatlar bilan bogʻlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, 2 teatr, filarmoniya bor.


Lotin alifbosida maqola: XMELNISKIY VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
XITOY
ROSSIYA
POLSHA


Добавить комментарий