YaʼJUJ VA MAʼJUJ

YaʼJUJ VA MAʼJUJ — iudaizm, xristianlik va islom dinlarida 2 yovvoyi xalqning nomi. Afsonalarda Yaʼjuj va maʼjuj va M. lar uzun boʻyli, keng yagʻrinli, baʼzilarining qulogʻi butun gavdasini qoplab turadigan, qiyomat kuni olamni bosib olib, hammayoqni xarob qiluvchi dahshatli va behisob xalq sifatida tasvirlangan. Qurʼonda (18:94 — 98) Zulqarnayn Ya. va M. lar yashaydigan joyga borib, bu xalqlarning yer yuziga yoyilib ketmasligi uchun 2 togʻ oraligʻiga toʻsiq qurdirgani bayon etiladi. Shunga qaramay ular har kecha toʻsiqni teshib oʻtishga harakat qilganlar, lekin Alloh azonda toʻsiqning teshilgan joyini qaytadan oʻz holiga keltirib qoʻygan. Shu sababli Yaʼjuj va maʼjuj va M. lar toʻsiqni teshib oʻta olmaganlar. Islom rivoyatlariga koʻra, bu xalqlar qiyomat arafasida toʻsiqni teshib oʻtadi, yer yuziga yopirilib, barcha katta daryo va koʻllarning suvini ichib tugatadi, uchragan odamni yanchib, yoʻq qilib yuboradi. Yaʼjuj va maʼjuj va M. haqida bir qancha hadislar ham kelgan. Yaʼjuj va maʼjuj va M. haqidagi rivoyat Gog va Magog nomida yahudiyxristian diniy adabiyotida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YaʼJUJ VA MAʼJUJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ISLOM
XITOY
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты