YaʼQUB

YaʼQUB — Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Isʼhoqning oʻgʻli, Yusufning otasi. Bibliyada Iakov deb tilga olingan. Yaʼqub ayrim rivoyatlarda Isroil deb ham nomlangan. Ya. Allohning birligiga, ibodatiga daʼvat etuvchi paygʻambarlardan boʻlgan. Qurʼonda uning taqvodorligi va paygʻambarligi Allohning Ibrohim avlodlariga koʻrsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Yaʼqub ikki xotini (Liyah, Rohila)dan va ikki choʻri (Zalfo, Balha)dan 12 oʻgʻil koʻrgan. Rivoyatlarga koʻra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya. ning ana shu farzandlaridan tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YaʼQUB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ISROIL
TOSHKENT
IBN SINO
YUSUF


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты