YaʼQUB ibn LAYS

YaʼQUB ibn LAYS as-Saffor (? 879) — Safforiylar sulolasi va davlati asoschisi. Seyistondagi Karnin qishlogʻida tugʻilgan. Yoshligida Zaranj shahriga kelib, misgarga shogird tushgan (saffor laqabi shundan, Gardizishsht yozishicha, Yaʼqub ibn lays ibn L. dastlab miskar, soʻng ukasi Amir ibn Lays bilan yoʻl toʻsar qaroqchi boʻlgan. Keyinchalik Bust shahrining sarhangi, xaylboshi (harbiy otryad boshligʻi), nihoyat — Seyiston amiri boʻlgan (861 yil 22 mart). Xorijiylarta qarshi kurashda faol qatnashgan. Yaʼqub ibn lays ibn L. Xurosonga egalik qilish uchun tohiriylar bilan kurash olib borgan. Hirot va Bushang (867), Kermon va Fors viloyatini (869), Kobul va Bomiyon (870) ni bosib oladi. 871-yil xalifaunga Toxaristondagi Balxni inʼom etadi. 873-yil avg. da Nishopurni egallab Tohiriylar davlatiga barham bergan. Arab xalifasi Xuroson noibligini unga topshirishga majbur boʻlgan. 876-yil Yaʼqub ibn lays ibn L. katta qoʻshin bilan Bagʻdodga yurish qilgan, biroq xalifa qoʻshinidan yengilib orqaga qaytgan. Uning vafotidan soʻng taxtga ukasi Amr ibn Lays oʻtirgan.

Ad.:Bartold V. V., Sochineniya, t. 7, M., 1971.

Mahfuza Atmova.


Lotin alifbosida maqola: YaʼQUB ibn LAYS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TEMURIYLAR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты