XOANALAR

XOANALAR (yun. choane — voronka, voronkasimon teshik) — ichki burun teshigi. X. ayrim baliklar va quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xos. Panja qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlar, suvda va kuruklikda yashovchilar hamda koʻpchilik sudralib yuruvchilarning burun boʻshligʻi birlamchi X. orqali ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi. Toshbaqalar, ayrim qushlar, ayniqsa, timsohlar va sut emizuvchilarda qattiq tanglay paydo boʻlishi tufayli burun boʻshligʻining keyingi qismi choʻzilib, halqumning yuqori qismiga ochiladigan ikkilamchi X. (boʻgʻiz)ni hosil qiladi. Hosil boʻlgan nafas nayi ogiz boʻshligʻida ovqat boʻlganida ham nafas olishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: XOANALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
BALIQLAR
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
HALQUM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты