XOVOS TUMANI

XOVOS TUMANI — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1926-y. dek. da tashkil qilingan. 1955-y. dan 1966-y. gacha Boyovut tumani, 1966-y. 25 avg. dan 1975-y. 6-martgacha Yangiyer tumani deb atalgan. 2004-y. 11-maydan Xovos tumaniga Mehnatobod tumani qoʻshildi. Tuman markazi Farhod5 qishlogʻidan Xovos shaharchasiga koʻchirildi. Shim. sharqdan Boyovut, jan. sharqdan Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan. da Tojikiston Respublikasi, gʻarbdan Jizzax viloyatining Zomin, shim. gʻarbdan viloyatning Sardoba, Mirzaobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,5 ming km2. Aholisi 74,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 1 shaharcha (Xovos), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Binokor, Gulbahor, Zafarobod, Paxtakor, Sohibkor, Chamanzor, Qaxramon, Turkiston, Farhod, Havotag, Husnobod) bor. Markazi — Xovos shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi, asosan, viloyatning jan. qismida joylashgan. Relyefi pasttekislik, kir, baland adir va togʻlardan iborat boʻlib, shim. dan (250350 m) jan. ga (12001600 m) koʻtarila boradi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, kuruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha tra 15°, yanv. ning oʻrtacha trasi —2°, eng past tra —30°, iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori tra 46°. Yillik yogʻin mikdori 315 mm (shim. gʻarbda 200—250 mm, jan. da 400—450 mm). Xovos shamoli (Bekobod shamoli) Oʻrta Osiyodagi eng kuchli shamollardan biridir. Yil boʻyi oʻrta hisobda 48—52 kun kuchli shamol esadi, koʻpincha noyabr oyida boshlanib, martda tugaydi. Qishda shamolning tezligi sekundiga 25—30 m, yezda 10—15 m boʻladi. Shamol 1—3 kun, hatto 5 kunlab davom etadi. Vegetatsiya davri 224 kun.

Adirlar qumtosh, qum, lyosslardan tashkil topgan. Jan. qismidagi adirlarning tuprogʻi esa lyoss ustyda hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproqlardir. Bu yerlardan bahorikor dehqonchilikda foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz, och boʻz, tipik boʻz, oʻtloqi boʻz tuproqlar tarqalgan boʻlib, dehqonchilik uchun qulay. Tuman Sirdaryodan chiqarilgan Sarkisov nomidagi Jan. Mirzachoʻl kanali orqali sugʻoriladi. Savatsoy, Sarmichsoy, Moʻgʻulsoy, Xoʻjamushkentsoy, Qipchoqsoy va b. dan ham sugʻorishda foydalaniladi. Bahorda adirlar turli oʻtlar bilan qoplanadi. Tekislik qismida qoʻngʻirbosh, rang, iloq, qiyoq, shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, paxtatikan, ituzum, shamak, gʻumay va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri; qushlardan choʻl burguti, laylak, tustovuq, yovvoyi oʻrdak; kemiruvchilardan quyon, tipratikan, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, kaltakesaklar va b. bor. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qozoq, tatar, turkman, koreys, rus, qrim tatar, ozarbayjon, arman, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 49,4 kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tumanda Farhod GES, Sirdaryo issiklik elektr styasi, sanoat, qurilish boshqarmalari, 37 firma va kichik korxona, Xitoy bilan hamkorliqsagi «XovosFusin» qoʻshma korxonasi (kolbasa ishlab chiqaradi), avtokorxona, neft bazasi, MTP, uzumni qayta ishlash, gʻisht zavodlari, 3 dehqon bozori bor. Tumanda Z shirkat, 930 dehqonfermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. da foydalaniladigan yer maydonining 36,7 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. Bogʻ, tokzor, koʻchatzorlar bor. 13,5 ming gektariga paxta, 11,7 ming gektariga gʻalla, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka ham ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 17,7 ming qoramol, 21,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 25,4 ming parranda, 408 ot boqiladi (2004).

Tuman hududidan Xovos va Yangiyer t. y. stansiyalari orkali Toshkent—Samarkand, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Jalolobod poyezdlari oʻtadi. Xovos — Guliston, Farhod — Xovos, Xovos—Yangiyer yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Xovos tumanida 2003/2004 oʻquv yilida 28 umumiy taʼlim maktabida 15,9 ming oʻquvchi taʼlim oddi. 2 iktidorli bolalar, musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, I madaniyat uyi, 20 kutubxona, 9 estrada, 4 folklor guruxlari, badiiy havaskorlik toʻgaraklari ishlab turibdi. 9 stadion (shu jumladan, 1 markaziy stadion) mavjud. Tumanda markaziy kasalxona, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari, bolalar jarroxlik, reanimatsiya boʻlimlari, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 3 poliklinikasi, shifobaxsh suv bilan davolaydigan «Xavotogʻ» sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi, 1931-y. dan «Xovos ovozi» tuman gaz. chiqadi.

Qosim Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: XOVOS TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
JIZZAX VILOYATI
TOJIKISTON
MEHNATOBOD TUMANI


Добавить комментарий