YAGʻMO

YAGʻMO — turkiy qabilalardan biri. 9-asr 1-yarmida Yagʻmolar uygʻurlar tarkibida boʻlgan. 840 yil uygʻurlar qirgʻizlar bilan boʻlgan urushda yengilgach, ulardan 15 urugʻ ajralib qarluqlar himoyasi ostiga oʻtgan. «Yagʻmo» — 15 urugʻ birlashmasining turkiycha nomi. 10-asr boshida Yagʻmo larning katta bir qismi Qashqarga — Tyanshanning jan. sharqiy yon bagʻirlariga, Norin daryosining yuqori oqimidagi hududlarga koʻchib kelib, oʻtroqlashgan. Yagʻmolar qoraxoniylar davlatini barpo etishda qarluq, chigil, xalaj kabi qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Yagʻmo larning asosiy qismi 11-asrning 1-yarmida qoraxoniylar qoʻshini tarkibida Movarounnahrga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashib, oʻz etnik nomlarini unutganlar.


Lotin alifbosida maqola: YAGʻMO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKLAR
YAPONIYA
XITOY
QORAXONIYLAR DAVLATI
ERON


Добавить комментарий