XOGART

XOGART (Hogarth) Uilyam (1697.10.11 — London — 1764.25.10) — ingliz rangtasvir ustasi, grafik rassomi va sanʼat nazariyotchisi. Londondagi J. Tornxill akademiyasida taʼlim olgan. 1743 va 1748-y. larda Fransiyada boʻlgan. X. asarlari demokratik ruhi, oʻta hayotiy tavsifi, realistik usuli bilan ajralib turadi («Kapitan T. Korem», 1740; «Avtoportret», 1745; «Qiz qisqichbaqalar bilan» va b.). Biroq Xogartga ingliz hayotidagi nuqsonlarni fosh etuvchi Yevropa maʼrifatparvarligi ruhidagi hajviy kartinalari va gravyuralari shuhrat keltirdi («Urf boʻlgan nikoh» gravyuralari, 1743—45; «Jin tor koʻchasi» va «Pivo koʻchasi» gravyuralari, 1751; «Saylovlar», taxm. 1754 va b.). X. «Goʻzallik taxlili» nazariy risolasida hayotni uning oʻziga xos koʻrinishida bera oladigan asimmetrik, differensial shakllarni dalil qoʻllashga undaydi; uning gʻoya va asarlari 18-a. Yevropa madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (Angliyada — L. Stern, Germaniyada — E. Lessing, G. K. Lixtenberg va b.).


Lotin alifbosida maqola: XOGART haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Via Marokand - Mening dadam kapitan
Via Marokand - Mening dadam kapitan
GERMANIYA
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты