YAGʻNOB

YAGʻNOB, Yagʻnobdaryo — Tojikistonning Sugʻd viloyati Ayniy tumanidagi daryo. Fondaryoning oʻng boshi irmogi. Hisor tizmasining shim. yon bagʻrida, 3400 m balandlikdagi kichik muzlikdan boshlanadi. Zarafshon va Hisor tizmalari oraligʻi boʻylab gʻarbga tomon oqadi va Iskandardaryo bilan qoʻshilib Fondaryoni (Zarafshon havzasi) hosil qiladi. Uz. 116 km, havzasining mayd. 1660 km2. Vodiyning yon bagʻirlari tik va pastroq. Yagʻnob muzlik, qor suvlaridan toʻyinadi. Havzasida umumiy mayd. 100,7 km2 boʻlgan 435 muzlik bor. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Takfon qishlogʻi yonida) 33,3 m3/ sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 41,9 m3/sek. dan 23,9 m3/sek. gacha oʻzgaradi. Yagʻnob loyqa daryo, har 1 m3 suvida oʻrta hisobda 300 g loyqa bor. Qishda muzlamaydi, faqat shovush oqishi kuzatiladi. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Toʻlinsuv davri apr. — sentyabr oylarida boʻlib oʻtadi. Yagʻnobga umumiy uz. 200 km dan ortiqroq boʻlgan 80 dan ziyod irmoqchalar quyiladi. Shulardan yiriklari: oʻngdan Hazorchashma, chapdagi irmoqlari Tagobigul, Tagrich, Pindor, Dijikrud.


Lotin alifbosida maqola: YAGʻNOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
TOSHKENT
AMUDARYO
YER
ZARAFSHON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты