YAHYO

YAHYO — Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Bibliyada Ioann Krestitel (choʻqintiruvchi) nomi bilan maʼlum. Zakariyoning oʻgʻli. Yahyo yoshligidan ibodatga berilgan, Tavrotdagi hukmlarga astoydil amal qilgan, nihoyatda halim va kamtar boʻlgan. Injildagi mifologiyaga koʻra, Ya. Isoning yaqin oʻtmishdoshi boʻlgan, Isoni choʻqintirgan. Iso xudoning elchisi ekanini birinchi boʻlib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Odamlarni Allohning yagonaligiga ishonishga, yolgʻiz Ungagina ibodat qilishga daʼvat etgan.

Yahyoning shahid boʻlishi haqida bir qancha rivoyat bor. Shulardan birida aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli boʻlgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi koʻrib qolib, oʻz muhabbatini izhor etadi. Lekin Yahyo ayollarga shahvoniy munosabatda boʻlmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Yahyoning bu gapidan jahli chiqqan ayol oʻzining siri oshkor boʻlib qolishidan qoʻrqib podshohdan uni oʻldirishni talab etadi. Yahyo mehrobda ibodat qilib turganida oʻldiriladi. Bu ishga Parvardigorning qahri kelgan, podshohning butun xonadonini yer yutgan. Damashqdagi umaviylar masjidida joylashgan Yahyo sagʻanasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi. Yahyoning tasviri rassomlik sanʼati va haykaltaroshlikda keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YAHYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты