XOJA ABDULQODIR MAROGʻIY

XOJA ABDULQODIR MAROGʻIY (toʻliq ismi Xoja Abdulqodir bin Gʻoibi alHofiz alMarogʻiy) (14-a. 2-yarmi, Marogʻa sh. — 1434/35) — sozanda (ud, chang, nay), xonanda, bastakor va musiqashunos. Hayoti asosan Jaloyirishshr davlatida oʻtgan. Amir Temur uni Bagʻdoddan Samarqandga olib kelgan va 1394—1405-y. larda u Sohibqiron, soʻng Shohrux Mirzo, Xalil Sulton saroylarida umrining oxirigacha xizmat qilgan.

Xoja Abdulqodir Marogʻiy musiqa nazariyasi sohasida boy meros qoddirgan: «Kanz ulalhon» («Kuylar xazinasi»), «Jome ulalhon» («Kuylar majmuasi»), «Maqosid ulalhon» («Kuylar hosil qilish oʻrni»), «Sharhaladvor» (Safiuddin alUrmaviyning «Kitob uladvor»iga sharh) va b. Shuningdek, u «Kitob uladvor»ni turk tiliga tarjima qilgan. Xoja Abdulqodir Marogʻiy asarlarida Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, Mahmud ashSheroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarda aniqdiklar kiritgan (mas, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini keltirgan). U oʻz davrida qoʻllanilgan 45 cholgʻu (ud, rubob, chang, yotugʻon, ruhafzo, egri, qoʻbiz va b.) ni tavsiflagan. Xoja Abdulqodir Marogʻiy udi murassaʼ deb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, peshrav, amal, savt shakllarida («Tasnifi Xoja Abdulqodir», «Amali Boʻston» kabi) kuy va ashula yoʻllari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira usullari yaratgan, ularning baʼzilari hozir ham ijro etiladi (mas, turklarda «Qiyor» kuyi va b.). U fors va turk tillarida gʻazallar ham yozgan; gʻazallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Xoja Abdulqodir Marogʻiyning merosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, Oʻrta Osiyo (xususan, Uzbekistan) xalqlari musiqa tarixini oʻrganishda muhim manbalardandir.


Lotin alifbosida maqola: XOJA ABDULQODIR MAROGʻIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
SHOHRUX
FOROBIY
ULUGʻBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты