XOJA BAHRIDDIN MAQBARASI

XOJA BAHRIDDIN MAQBARASI — Toshkent sh. dagi meʼMoriy yodgorlik (19-a. oʻrtalari); sufiylik tariqati vakili Xoja Bahriddin dono qabri ustiga qurilgan. «Qoʻshchimozor» qabristonida joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli qilib pishiq gʻisht (24,5x25x4,5 sm)dan qurilgan xona va uning gʻarbidagi sinch devorli oldi ayvonli ziyoratxonadan iborat. Makbara tarhi toʻrtburchak (4,6X5,4 m), devorning tashqi sirtidagi gʻisht choklari ganch qorishmasi bilan toʻldirib, tekislangan. Peshtoqning gʻarbiy tomonidagi derazadan xonaga yorugʻlik tushadi. Maqbara ichki devorlariga ravoqlar ishlangan. Gumbaz (diametri 2,5 m) va xonaning tomonlari teng, gumbaz ostidagi davra devor Toshkent meʼmorligiga xos, yaʼni tepaga tomon kichrayib boradi; gumbaz poygumbazdan gʻishtin sharafa bilan ajratilgan. X. B. m. Toshkent meʼmorligi anʼanalarida qurilgan maqbara namunasidir.


Lotin alifbosida maqola: XOJA BAHRIDDIN MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
GUMBAZ
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты