XOJA JARROH YODGORLIK MAJMUASI

XOJA JARROH YODGORLIK MAJMUASI — Qarshi sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Sohibqiron Amir Temur 14-a. oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn alJarroh qabri xokidan keltirib Qarshi sh. da dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-a. 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan.


Lotin alifbosida maqola: XOJA JARROH YODGORLIK MAJMUASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TEMURIYLAR
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты