XOJA MIR MUHAMMAD SALIM

XOJA MIR MUHAMMAD SALIM, Muhammad Rustam sulton oʻgʻli (17a. oxiri — 18-a. ning 1-yarmi) — tarixchi olim. Ashtarxoniy sultonlar oilasida tugʻilgan. Ubaydullaxon II oʻldirilgach (1711), haj qilish bahonasi bilan Arabistonga joʻnagan. Haj marosimidan keyin boburiylardan Nosiruddin Muhammadshoh (hukmronlik davri 1719—48) xizmatiga kirgan. Nosiruddin Muhammadshohning topshirigʻi bilan u 1731-y. da fors tilida «Silsilat assalotin» («Podsholar silsilasi») tarixiy asarini yozgan. Asar muqaddima va 4 qismdan iborat. Asarning 3—4qismlari alohida qimmatga ega boʻlib, Buxoro xonligining 16 — 18-a. 1choragi tarixini oʻz ichiga oladi. Asarda Buxoro xonlari va Dinmuhammadxonning Hindiston, Turkiya va Eron hukmdorlari bilan yozishmalari (20 ta maktub) matni keltirilgan. Shuningdek, asarda ulus tizimi, soliqdar, Oʻrta Osiyo shaharlari, aholisi va urfodati haqida kimmatli maʼlumotlar bor. Bu asarning qoʻlyozmasi Bodli kutubxonasi (Angliya)da (inv. №269) saqlanadi.

Ad.: Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.


Lotin alifbosida maqola: XOJA MIR MUHAMMAD SALIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
ERON
ALISHER NAVOIY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты