YEVGENIKA

YEVGENIKA (yun. eugenes — yaxshi zurriyot) — odam salomatligi irsiyati va uni yaxshilash toʻgʻrisidagi taʼlimot. Ye. ning tamoyillari birinchi marta 1869-y. ingliz paleontologi F. Galton tomonidan ishlab chiqilgan. U kelgusi avlod irsiy xususiyatlari (salomatligi, aqli, qobiliyati, iqtidori) ning yaxshilanishiga taʼsir etishni oʻrganishni taklif etgan. Yevgenikaga qiziqish ayniqsa 20-a. ning l-choragida genetikaning jadal surʼatlar b-n rivojlanishi hamda odam belgilarining irsiylanishi toʻgʻrisida koʻplab dalillar toʻplanib borishi bilan oshib ketdi. Ilgʻor olimlar (F. Galton, G. Meller, N. K. Kolsov) Yevgenika oldiga insonparvarlik vazifasini qoʻyishgan edi. Lekin Yevgenika gʻoyalaridan koʻpincha irqchilikni oqlash (mas, fashizm irqchilik gʻoyasi) maqsadlarida foydalanilganligi tufayli ilmiy gʻoya va tushuncha sifatida Yevgenikaning obroʻsi tushib ketdi. Hozir Yevgenikaning koʻpgina muammolari, ayniqsa insonning irsiy kasalliklariga qarshi kurash masalalari odam genetikasi, jumladan, tibbiy genetika doirasida oʻrganiladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVGENIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
GENETIKA
IBN SINO
FRANSIYA
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты