XOJA MUHAMMAD PORSO

XOJA MUHAMMAD PORSO (toʻliq ismi Muhammad ibn Mahmud Hofiz alBuxoriy) (1345, Buxoro — 1419, Madina) — naqshbandiya tariqati namoyandasi. Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan. Qurʼon va hadislarni, kalom ilmini chuqur oʻrgangan. Bahouddin Naqshband uni shogirdlikka qabul qilgan va «porso» (taqvodor, dindor) taxallusini bergan. Naqshband vafotidan soʻng, uning oʻrniga tariqatga rahbarlik qilgan.

Xoja Muhammad Porso oʻsha davrdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan. Movarounnahr hukmdori Xalil Sulton bilan muloqotda boʻlgan, Shohruh bilan turli masalalar boʻyicha yozishmalar olib borgan. Ulugʻbek saroyi (Samarkand va Buxoro)dagi ilmiy munozaralarda qatnashgan.

Tasavvuf va islom tarixiga oid «Risolai qudsiya» («Xoja Bahouddinning qudsiy kalimalari haqidagi risola»), «Eʼtiqod» («Eʼtiqod haqida risola»), «Tahqiqot» («Tasavvuf istilohlari boʻyicha risola»), «Tafsiri Qurʼon» («Qurʼon tafsiri»), «Risolai kalifiya» («Karomatlar haqida risola»), «Muxtasari tarixi Makka» («Makka shahrining qisqacha tarixi»), «Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband» («Xoja Bahouddin Naqshband maqomoti»), «Haftodu du firqa» («Yetmish ikki firqa») kabi 20 dan ortiq asar yozgan. Shariat va tariqat masalalariga bagʻishlangan va unga katta shuhrat keltirgan asari «Fasl ulxitob bivusulil ahbob» («Doʻstlar visoliga yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitob») boʻlib, u oʻrta asrlarda islom ulamolari uchun qoʻllanma vazifasini oʻtagan. Asar 494 ta masalaga bagʻishlangan boʻlib, ularning hammasi islomda bahsli hisoblangan va muallif turli asarlarga suyangan holda bu masalalarni yechib bergan. Asar bir necha marta chop etilgan.

Xoja Muhammad Porso 2marta haj ziyorati paytida kasalga chalinib, Madinada vafot etgan.

Ad.: Muhammad Boqir, Bahouddin Balogardon, T., 1993; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001; Faxruddin Ali Safiy, Rashahot (2nashri), T., 2004.


Lotin alifbosida maqola: XOJA MUHAMMAD PORSO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ISLOM
BAHOUDDIN NAQSHBAND
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты