YEVENKO Viktor Ivanovich

YEVENKO Viktor Ivanovich (1925.2.3, Toshkent — 1986.19.8) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1946—50). Rassomlik faoliyatini 2-jahon urushi frontlarida boshladi. Oʻzbek xalqining tarixi («Bek kelayapti», 1954), mehnati («Qarzdorligi uchun», 1954; «Hosil» 1955)ga bagʻishlangan asarlari bor. 50-y. larning oxirlaridan, asosan, grafikada ijod qildi. Bir qator badiiy asarlarni bezadi (R. Fayziyning «Choʻlga bahor keldi» qissasi, A. Almatinskayaning «Zulm», Oybekning «Qutlugʻ qon», Asqad Muxtorning «Opa-singillar» romanlari va b.), dolzarb mavzularda plakatlar yaratdi («Tinchlik va doʻstlik», 1957; «Odamlar, tinchlikni saqlang», «Paxta», 1966; «Neytron bombasiga yoʻl yoʻq», 1979; «Oq oltinning yuksak sifati uchun», 1981 va b.), jamoat binolari interyerlarini, koʻrgazma va bayramlarni bezatishda samarali ishladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVENKO Viktor Ivanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты