XOJA SAʼDUDDIN

XOJA SAʼDUDDIN, Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Joʻybor xojalaridan, Buxoro shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint oʻgʻli. Otasi vafoti (1563) dan soʻng uning oʻrniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ulislomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X. S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʻl urmagan. Xoja Saʼduddinga «Qutblar qutbi» va «Sayyidlar panohi» unvonlari berilgan.

Xoja Saʼduddin otasi kabi katta yersuv va koʻchmas mulk egasi boʻlgan. Abdullaxon II unga Badaxshondagi Arxang viloyati va Koʻlobdagi Vaxshni hadya etgan.

Ad.: Ahmedov B., Tarihdan saboqlar, T., 1994; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: XOJA SAʼDUDDIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



CHOR BAKR
JOʻYBOR XOJALARI
BUXORO VILOYATI
ABDULLAXON II
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты